Ushbu fan energetikaning jamiyat hayotidagi roli, energiyani hosil qilish, uni an’anaviy va noan’anaviy usullar bilan ishlab chiqarish, xalq xo‘jaligining barcha sohalarida energiyadan oqilona foydalanish va uni tejash kabi masalalarni qamrab oladi. Jamiyatda energetikaning rivojlanish istiqbollari, ishlab chiqarishda energiya sarfini me’yorlashtirish, energetika menejmenti, audit, korxonaning energetik balansi, respublikasizda amalga oshirilayotgan energiya tejamkorligi siyosatining mohiyatini tushunishda talabalarni zarur bo‘lgan bilimlar bilan qurollantiradi. Mazkur fan yuqori bosqichlarda o‘qitiladigan fanlarning asosini tashkil qilib, o‘z rivojida texnik yo‘nalishdagi fanlar uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.

Fanni o‘qitishdan maqsad – energiyadan oqilona foydalanish, energiya shakllari bo‘yicha iste’molni me’yorlashtirish, energiya tejamkorligini boshqarish, ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanish, olib borilayotgan energiya tejamkorlik siyosatining tub mohiyatini o‘rgatish hamda energiya tejash tadbirlarini amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.

Nazariy qismdagi mavzular bo‘yicha ma’ruzalar mazmun jihatdan modul talabiga muvofiq tuzilgan.

Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalalar, hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.