Insoniyat kashfiyotchiligining ne’mati bo‘lgan avtomobil bugungi kunda barcha sohalarni rivojlanishida o‘zining katta hissasini qo‘shib kelmoqda. Avtomobilning yaratilishi va foydalanish davrini shartli uchta bosqichga bo‘lishimiz mumkin:

■  loyihalash;

■  ishlab chiqarish;

■  ekspluatatsiya davri.

Biz bu darslikda mutaxasislar tomonidan loyihalanib ishlab chiqarilgan avtomobillarning umumiy tuzilishini, ekspluatatsiya davrida uchraydigan nosozliklar hamda ularga texnik (servis) xizmat ko‘rsatish turlari ko‘rsatilgan.