Ushbu fan dasturi yo‘llarning yuzaga kelishi, qadimgi yo‘llar va ularning tuzilishi, qadimgi davlatlar yo‘llari, o‘rta asr yo‘llari, mexanik tortish kuchining yuzaga kelishi va avtomobillarning paydo bo‘lishi, ot‑arava transporti yo‘llaridan avtomobil yo‘llariga o‘tish, avtomobil yo‘llarining rivojlanish tarixi va uning bosqichlari, O‘zbekistonda yo‘l xo‘jaligini rivojlanishining asosiy bosqichlari va yo‘llari tarmog‘ining shakllanishi,  yo‘l texnikalarining va texnologiyalarining rivojlanib borishi, O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik davrlarida avtomobil yo‘llarining rivojlanishi va unda olimlar, etuk amaliyotchi mutaxassislarning o‘rni, yo‘l ilmining tarixi kabi masalalarni qamrab oladi. SHuningdek, avtomobil yo‘llari sohasini tanlagan talabalar uchun sohaga kirishi va kasbiy yo‘nalish olishi hamda ushbu sohaga mehr uyg‘onishida katta ahamiyat kasb etadi. Jamiyat va mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida avtomobil yo‘llarining o‘rni va ahamiyatini tushunishida zarur bo‘lgan bilimlar bilan qurollantiradi.

 “Avtomobil yo‘llarining rivojlanish tarixi va aloqa yo‘llari” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan fan hisoblanib, 1‑kursning 2‑semestrlarida barcha avtomobil yo‘llari sohasidagi bakalavr ta’lim yo‘nalishlariga o‘qitiladi. Mazkur fan avtomobil yo‘llari tarixini o‘zida qamragan bo‘lib, umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘zlashtirishda asosiy ma’lumotlar bazasi bo‘lib xizmat qiladi.