Injenerlik geologiyasi -geologiyaning Yer pusti yuqori qatlamlarining hozirgi geologik sharoitlari va dinamikasini muhandislikqurilish va boshqa xoʻjalik tadbirlari nuqtai nazaridan oʻrganadigan sohasi.

Injenerlik geologiyasining asosiy vazifasi — geologiyaning turli inshootlarni loyihalash, qurish va undan foydalanish bilan bogʻliq amaliy masalalarni yechish. Shuningdek, Injenerlik geologiyasi geografik muhitdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishda muhim rol oʻynaydi. Injenerlik geologiyasining ilmiy yoʻnalishlari: muhandislikgruntshunoslik — togʻ jin-slarining tarkibi va muhandislik-geologik xossalarini tabiiy joylashgan yerida va lab.da oʻrganadi. Regional gruntshunoslik yaxshi rivojlangan boʻlib, alohida togʻ jinslari va tuproqning Injenerlik geologiyasi xususiyatlari va tarqalish qonuniyatlarini tadqiq etadi; m u handislik geodinamikasi — tabiat hodisalari va odamlarning muhandislik va xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq oʻzgarish va jarayonlar (surilmalar, sel, karst, choʻkish va h.k.)ni oʻrganadi va ularning oldini olish, bartaraf etish haqida tavsiyalar ishlab chiqadi; regional Injenerlik geologiyasi — Yer pusti turli qismlarida muhandislik-geologik sharoitlarining oʻzgarish qonuniyatlari harakterini oʻrganadi. Shuningdek, muhandislik geoekologiyasi, seysmologiya, shaharlar, dengiz Injenerlik geologiyasi va boshqa rivojlanmoqda. Injenerlik geologiyasi haritalarida barcha geologik omillar koʻrsatiladi.