Fizika (Qurilish buyumlari va konstruksiyalarni ishlab chiqarish)

Oliy matematika” fani  qurilish  institutlarida oʻrganiladigan asosiy tabiiy-ilmiy fan hisoblanadi. U boshqa tabiiy-ilmiy fanlarni hamda umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini oʻrganish uchun nazariy asos boʻlib xizmat qiladi va ular bilan uzviy bog‘liq holda o‘qitiladi.

  Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:

  - matematikaning hozirgi zamon taraqqiyotida tutgan o‘rnini, matritsalar va diterminantlarning asosiy xossalarini,  vektorlar ustida amallarni,  to‘g‘ri  chiziq, tekislik va fazoda koordinatalar metodini,  tekislik va fazoda analitik geometriya asoslarini, haqiqiy va kompleks sonlarning asosiy xossalarini, ketma-ketlik va uning limitini, bir  o‘zgaruvchili funksiyaning asosiy xossalari, limiti va uzluksizligini, bir va bir necha o‘zgaruvchi funksiyasining differensial va integral hisobini, qatorlar nazariyasi va oddiy differensial tenglamalar nazariyasining asoslarini, ehtimollar

nazariyasining  asosiy  tushunchalarini va matematik statistika elementlarini, asosiy matematik usullar va modellarni bilishi;

   - qurilishga oid masalalarni yechishda qo‘llaniladigan matematik apparatni muayyan masala uchun aniq tanlash, chiziqli va vektorli  algebra, analitik geometriya, differensial va integral hisob, qatorlar va differensial tenglamalar nazariyasi asosida tatbiqiy masalalarni yechish va yechimni asoslash, masalalarni yechishda matematik statistika elementlaridan  va sonli usullardan foydalana olish, jarayon va hodisalarni modellashtirish  ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

   - determinantlarni hisoblash, matritsalar ustida amallar va almashtirishlar bajarish, vektorlar ustida amallar bajarish, chiziqli tenglamalar sistemasini yechish, to‘g‘ri chiziq, tekislik, ikkinchi tartibli chiziqlar va sirtlarga oid masalalarni yechish, funksiyalarni differensiallash va integrallash, qatorlarni yaqinlashishga tekshirish, differensial tenglamalarni yechish, ehtimollarni hisoblash, taqsimot qonunlarini aniqlash, parametr va gipotezalarni tekshirish, regressiya tenglamalarini hosil qilish, maremarik usullar va modellardan foydalanish, masalalarni matematik paketlarda yechish malakalariga  ega bo‘lishi  kerak.