Kimyoviy injiniringda modellashtirish” fanida talabalarga kimyoviy texnologik jarayonlarni modellashtirish, optimallashtirish hamda ularni boshqarish asoslarini o’rganishda nazariy va amaliy bilim beriladi. Bunda bakalavr jarayonni modellashtirish, optimallashtirish va boshqarish ilmining fundamental asoslarini, texnologik parametrlarini hamda uning ishlab chiqarishdagi ahamiyatini o’rganish imkonini beradi.

Ushbu fan umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, yo’nalishlar o’quv rejasiga ko’ra 3 – kursda o’qitilishi rejalashtirilgan. Mazkur fanni o’qish davomida talabalar o’zlarining algoritmlash, dasturlash va kompyuterda ishlash tajribalari va hisoblash usullaridan foydalana bilishlari kerak. Bu talabalardan “Fizika”, “Oliy matematika”, “Kimyo injiniringida axborot texnologiyalari”, “Umumiy kimyoviy texnologiyalari”, “Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar” va “Elektr injiniringi” fanlari bo’yicha chuqur bilim talab qiladi.