Oliy matematika fani haqida ma’lumot

Oliy matematika oʻrta va oliy taʼlim muassasalarida oʻqitiladigan kurs boʻlib, oʻz ichiga oliy algebra va matematik tahlil kabi matematik sohalarni oladi. Oliy matematika alohida fan sohasi emas, balki taʼlim sohasining bir predmetidir.

Oliy matematika - texnika, iqtisod, qishloq xujaligi va boshqa maxsus oʻquv yurtlarida oʻqitiladigan matematika boʻlimlaridan iborat kurs. Oliy matematika kursiga, asosan, analitik geometriya, oliy algebraning ayrim kiyem lari, differensial hisob, integral hisob, differensial tenglamalar kiradi. 20-asr 70-yillarida Oliy matematikaga matematik statistika, ehtimollar nazariyasi, chiziqli dasturlash va boshqa sohalar ham qoʻshildi. Baʼzan, matematikaning oʻrta maktab dasturiga kiritilmagan qismi Oliy matematika deb tushuniladi. Bu notoʻgʻri, chunki oʻrta maktab matematika dasturiga matematikaning koʻp sohalari, jumladan, analitik geometriya, matematik analiz, ehtimollar nazariyasining maʼlum qismlari kiritilgan.

         Oliy matematika fanini o’qitishdan maqsad –barcha ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar tayyorlash tizimida , o’quv rejalarini va malaka talablariga mos qo’yish zaruriyati tug’ildi.Shu bilan birga xalqaro ta’lim berish sifatlarini qo’llash, ajdodlari-mizning boy milliy meroslarini shu jarayonga jalb qilish kerak bo’ladi.

Oliy matematika fanini o’qitishning vazifasi – talabalarga matematika nazariyasiga oid bilimlar berish, olgan nazariy bilimlarni amaliyotga qo’llay bilishga o’rgatishdan va natijada ularni yo’nalishga mos jarayonlar matematik modelini tuzish va tekshira olishga o’rgatishdir.   

Oliy matematika fani bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi.

Talaba:

 - matematika dunyoviy bilishning o’ziga xos usuli, uning tushunchalari va tasavvurlarining umumiyligi, matematik modellar, matematik modellashtirishning usullari to’g’risidagi tasavvurga ega bo’lishi; 

 - obektning miqdoriy va sifat nisbatlarini ifodalash uchun matematik simvollardan foydalanishi;  

    - matematik analiz, analitik geometriya , chiziqli algebra, ehtimollar nazariyasi  va matematik statistikaning asosiy tushunchalari va metodlarini bilishi; 

 - muayyan jarayonlar uchun ehtimoliy modellarni va tuzilgan model doirasida hisoblarni olib borishini ;

 - funksional va hisoblash masalalarini yechish modellarini bilishi va ulardan foydalana olishi; 

    - algebraik tenglamalarni analitik va sonli usullarda yechish;

    - oddiy differensial tenglamalarni tadbiq qilish , ularni analitik va sonli usullarda yechish;

 - eksperemental ma’lumotlarga ishlov berishning asosiy metodlaridan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lish kerak;