2020-2021 o'quv yili uchun

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 28 oktyabr kuni Toshkent shahriga tashrifi davomida va faollar bilan o’tkazilgan uchrashuvida berilgan topshiriqlarining bayonini 12-bandiga muvofiq Toshkent avtomobil yo’llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti tomonidan bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining fan dasturlari hozirgi davr talablaridan kelib chiqqan holda yangidan ko’rib chiqildi.

Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash hozirgi davrning eng asosiy ijtimoiy- iqtisodiy muammolaridan biridir. Avtomobillashtirish ko’rsatkichlari ortib borayotgan hozirgi davrda yo’l harakati xavfsizligini ta’minlashga «Haydovchi-avtomobil-yo’l-piyoda-muhit» tizimidagi barcha bo’laklarning ishonchliligini oshirish bilangina erishish mumkin. Bu o’rinda inson omillari muhim ahamiyatga ega, chunki, ko’pgina yo’l-transport hodisalari haydovchining yoki piyodaning yo’l qo’ygan xatolari natajasida sodir etilmoqda.

Yuqorida keltirilgan bakalavriatura yo’nalishlari talabalari yo’l harakati qoidalarini, O’zbekiston Respublikasining yo’l harakati xavfsizligi to’g’risidagi Qonunini, harakat xavfsizligiga tegishli me’yoriy hujjatlarni bilishlari va ularning talablariga rioya qilishlari kerak.

"Yo’l harakati qoidalari va xavfsiz harakatlanish asoslari" fani qo’shimcha fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 3 kursda o’qitilishi maqsadga muvofiq. Bu fan “Transport vositalari tuzilishi”, “Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi”, “Yuklarni tashishni tashkil etish”, “Yo’lovchilarni tashishni tashkil etish” kabi umumkasbiy fanlar va ixtisoslik fanlari bilan o’zaro bog’lik hamda uslubiy jihatdan uzviydir.